Periderma

Periderma (peri… va Yunoncha Derma — teri) — ko’p yillik va ba’zi bir yillik o’simliklar poyasi va ildizining ikkilamchi qoplovchi to’qimasi. Po’kak, felloderma va fellogendan tashkil topgan. Periderma hujayralari suv va havo o’tkazmaydi; unda joylashgan yasmiqchalar orqali gaz almashinuvi va suv bug’lanishi ro’y beradi. Odatda, o’simliklarda bir necha Periderma hosil bo’ladi; keyingi Periderma oldingisidan ichkarirokda joylashadi. Vaqt o’tishi bilan tashqi Periderma va ular orasidagi to’qimalar o’lib, qobiq hosil qiladi. Periderma o’simlikni noqulay haroratdan saklaydi, suvning ortiqcha bug’lanishiga imkon bermaydi.