Peripatetik maktab

Peripatetik maktab (Yunoncha peripateo — sayr etib yurmoq) — aristotel asos solgan falsafiy maktab. Maktabda tinglovchilar bilan sayr qilib yurib dars o’tilgan (nomi shundan olingan). Aristoteldan keyin qariyb 34 yil Teofrast boshchilik qilgan. Peripatetik maktab vakillari aniq fanlar bilan shug’ullanganlar (musiqa nazariyotchisi Aristoksen, davlat tarixchisi va nazariyotchisi Dikearx, fizik Straton, geograf va astronom Aristarx Samoslik va boshqalar). Peripatetik maktab vakillari 1-3-asrlarda Aristotel asarlarini nashr etishgan va sharxlashgan. Peripatetik maktab platonchilar, pifagorchilar, stoiklar, neoplatonchilarga va keyinchalik o’rta asr Yaqin va O’rta Sharq xalqlari falsafasiga xam sezilarli ta’sir ko’rsatgan.