Perminvar

Perminvar (inglizcha perm(eability) -o’tkazuvchanlik va invar(iablr) — o’zgarmaydigan — nikel (№)ning temir (Fe) va kobalt (so) bilan qotishmalari guruhining umumiy nomi (ba’zan, molibden va xrom qo’shilishi mumkin). Magnit jihatdan yumshoq materiallar jumlasiga kiradi. P.ning magnit o’tkazuvchanligi (ts) maydon kuchlanganligiga bog’liq bo’lmaydi. Ko’p ishlatiladigan Perminvarning tarkibida 45% Ni, 30% Fe, 25% so bo’ladi. Magnit o’tkazuvchanligi ts=400— 500. Perminvar radioelektronika va aloqa texnikasida, asosan, transformatorlar va drossellarning barqaror o’zaklarini tayyorlash uchun ishlatiladi.