PES

PES, vitiligo — terida yarachaqa- siz oq dog’lar paydo bo’lishi (pigment yo’qolishi). Nerv va endokrin kasalli- klari alomati bo’lishi mumkin. P. pay- do bo’lishida irsiy omillarning xam roli bor. Bunda terining turli joy- lari (ko’pincha yuz, bo’yin, qo’l)ga oq dog’ tushadi. Dog’lar dumaloq yoki ovalsimon bo’lib, atrofidagi sog’teridan aniq ajralib turadi. P. dog’lari asta-sekin kattalashib, bir-biri b-n qo’shilishi, har xil shaklga kirishi va terining ta- laygina qismini egallab olishi mum- kin. Dog’tushgan joydagi soch va tuklar ham oqarib chiqadi. Kasallik boshlani- shini ko’pincha bemor sezmaydi. Asta-se- kin teri oqaradi, ba’zan birdan oqarish hollari ham uchraydi. Oq dog’tushishidan oldin teri qichishishi va bir oz kepa- klanishi ham mumkin. Dog’tushgan joyda terining sezish xususiyati yo’qolmaydi. P. yuqumli emas, u kishi husnini buzadi xolos. Bunday kishilardan hazar qilish yaramaydi. Zamonaviy dori-darmonlar P.ni davolashda yaxshi naf bermoqda, ular ichida Puvaterapiya alohida o’rinni egallaydi. Vitaminlar (V, V6, V|2, S va b.) b-n davolash maqsadga muvofiq. Of- tobda uzoq vaqt yurish, qorayish va b.dan saqlanish lozim, chunki qoraygan terida P. dog’lari yaqqol ko’zga tashlanadi.