Peshkash

Peshkash, pishkash (forscha — tuhfa, in’om) — o’rta asrlarda mahalliy hokimlar, badavlat shaxslar tomonidan xonlar, sultonlar va oliy dara jali davlat mansabdorlariga tortiq qilinadigan sovg’a. Peshkash qimmatbaho zebu ziynat, asbob-anjom, mato, kiyim-kechak, ba’zan arg’umoq otlar, kitob va qullardan iborat bo’lgan. Ruzbexon Isfahoniyning «Mehmonnomayi Buxoro» asarida ko’rsatilishicha, xon huzuriga to’plangan Peshkash 3 qismga bo’linar, so’ng uning bir qismi mashhur sultonlardan biriga berilib, 2-qismi xonning yaqinlari o’rtasida taqsimlanar edi. Qolgan qismi bo’lsa xonning o’ziga tegishli bo’lgan.