Piroksenit

Piroksenit — bir yoki bir necha piroksenlardap iborat o’ta asosli tog’ jinsi. Ba’zan dala shpati, olivin va magnetit yoki titanomagnetit aralashgan bo’ladi. Piroksenit gabbro-peridotitli magmatic tog’ jinslari guruhiga mansub. Tarkibidagi piroksen va ruda minerali turiga qarab Piroksenit ortopiroksenit, klinopiroksenit, bronzitit, giper-stenit, vebsterit (lersolit) kabi turlarga bo’linadi. Undan tashqari, granat, ilmenit, slyuda, plagioklaz va asosiy aktsessor minerallar sifatida xromshpinelidlar bilan magnetit qo’shiladi. Piroksenitda 43-53% SiO2, 4-10% A12O3> 5-13% FeO+F2O3, 13- 24% MgO va 9-20% Sao bo’ladi. Piroksenit giperbazitlar tarkibiga kiradi. Ko’pincha ishqorli jinslar va karbonatitlarda apatit, Nodir-yer elementlari va boshdqa foydali qazilmalar bilan birga uchraydi.