Piroplazmoz

Piroplazmoz — qoramol, ot, cho’chqa va itlarda uchraydigan invasion kasallik. Piroplasma turkumiga mansub qon parazitlari keltirib chiqaradi. Qo’zg’atuvchisi oraliq xo’jayin ishtirokida uning qizil qon tanachalari va ichki parenximatoz organlarida ko’payadi. Piroplazmozni yaylov kanalari tarqatadi. Mavsumiy kasallik. Kasallangan hayvonda isitma, sariqlik, kamqonlik va qon siyish kabi belgilar paydo bo’ladi. Echki va qo’ylarda babezioz bilan bir vaqtda kechadi. Tashhis qonni laboratoriya tekshiruvlariga ko’ra qo’yiladi. Davolash: flavakridin, piro-plazmin, gemosporidin, berenil, azidin va boshqa dori-darmonlar bilan davolanadi.