Pistalitog’

Pistalitog’ – shimoliy Nurota tizmasining sharqida unga parallel joylashgan past tog’. Janubi-sharqdan shimoli- g’arbga cho’zilgan. Uzunligi 40 kilometr. Eni o’rta qismida 6-7 kilometr. Eng baland joyi 557 metr. Shimoliy-Sharqiy yon bag’ri tik, quruq soylar bilan o’yilgan, Janubiy-g’arbiy yon bag’ri esa yotiqroq. Paleozoy davri tog’ jinslaridan tuzilgan antiklinal ko’tarilma. Iqlimi keskin kontinental, yillik yog’in miqdori 250 mm. O’simlik juda siyrak, yaylov sifatida foydalaniladi.