Pisarro (Pizarro) Fransisko

Pisarro (Pizarro) Fransisko (1470 va 1475 yillar orasi — 1541) — ispan konkistadori. 1513— 35 yillarda Panama va Peruni bosib olishda qatnashgan, Janubiy Amerikaning Tinch okeani sohillari bir qismini (Guayakil qo’ltig’i bilan) va and tizmasidagi G’arbiy Kordilera tog’ini kashf etgan, inklarning Tau-antinsuyu davlatini talon-toroj etib, yakson qilgan, Lima va Truxilo shaharlariga asos solgan.