Platina
Platina (lot. platinum), tug’ma PLA- Tina — platinali minerallar guruhi, metallar (asosan, temir)ning platina b-n tabiiy qattiq qorishma-si. P.dastlab 1803 y.datopilgan (nomi ispancha piatinas— kumush). Bu guruh mi-nerallarning asosiylari: poliksen, palladiyli P., ferroplatina (tug’ma qotishma), sper- rilit, kuperit, breggit. P. kumush kabi oq, yaltiroq, bolg’alanuvchan, cho’ziluvchan metall. Tug’ma P. strukturasida platina erituvchi me-talldir. P. minerallari- ning tarkibi: tug’ma P. (80%dan ortiq Pt), temirli P. (20-50% G’e), izofer- roplatina (Pt3Fe), tetraferroplatina (PtFe), iridiyli P. (10,4—37,5% Ir), palladiyli P. (19,4-40,0% Pd), pal- ladiyli stannoplatina (16-23% Sn, 17,2— 20,9% Pd). Minerallar, asosan, kub singoniyada kristallanadi. Temir- li qorishmalar ko’pincha magnit xossaga ega. Kdgtikligi 3,5 dan (mis va nikel tarkibli minerallar) 5,5 gacha (iridiy- li minerallar). Zichligi 13100— 21500 kg/m3. Barcha minerallar yaxshi elektr o’tkazgich, donacha va kristallarining kattaligi bir necha mm gacha, ayrim hollarda o’nlab sm gacha, og’irligi 1-5 g dan bir necha kg gacha. Eng katta tug’ma P. Rossiyaning Ural tog’laridagi dunit- larda (427,5 g) va allyu-Vial sochmalarda (9635 g) topilgan. P. korroziya va yuqori t-raga chidamliligi, bosim b-n ishlov berish osonligi tufayli texnikaning turli sohasi (elektr – va radiotexnika) da qo’llaniladi; neftdan yuqori sifat- li yoqilg’i i.ch.da katalizator sifatida ishlatiladi, shisha va kvars tolalar i.ch. uchun P.ning rodiyli krtishmasidan Max- sus asboblar, zargarlik buyumlari tayyor- lanadi. (yana q. Platina rudalari).