Pnevmatik pochta

Pnevmatik pochta (Yun. pneumatikos — havoga oid) — pnevmo- transportnmnt turli xujjat va mayda narsalarni havo oqimi yordamida quvur bo’ylab tashiydigan turi. Birinchi P.p. 1853 y. London telegrafida qurilgan. P.p. qurilmasining asosiy elementlari: quvurlar, konteynerlar, qabul qilish- tarqatish qurilmalari va havo haydagich. P.p.ning ichki (bino ichida ishlatila- digan) va tashqi (shahardagi korxona va muassasalarni bog’laydigan) xillari bor. Ichki P.p. quvurlari ichki diametri 50-120 mm li quvurlardan yaxlit qilib ishlanadi. Quvurlar latun, dyuralyumi- niy, po’lat, polixlorvinildan yasaladi. Tashqi P.p. qurilmalarida erga ko’milgan 65-1000 mm diametrli po’lat, plastmassa yoki asbest-tsement quvurlardan foydalaniladi. Ular b-n qo’shni styalar orasidagi masofa bir necha km gacha, umumiy uzunligi esa bir necha yuz km gacha boradi. P.p. styalari to’g’ri, radial va halqasimon sxemalarda biriktiriladi. P.p.dan aloqa korxonalari, kutubxo-na- lar va b. muassasalarda xujjatlar-ni, kasalxonalarda kasallik tarixi va dori- darmonlarni, sanoat korxonalaridagi laboratoriyalarda esa detallar, asboblar va namunalarni tashishda foydalanila- Di.