Pnevmoavtomatika

Pnevmoavtomatika (pnev- mo… va avtomat) — avtomatik rostlash va boshkarish vositalari majmui; pnev- matik tizimlar va qurilmalar yordamida i.ch. jarayonlarini avtomatik boshqarish va fizik kattaliklar (bosim, sath, t-ra va b.) ni rostlab turish usullarini ishlab chikish, texnika vositalarini yaratish b-n shug’ullanadi. Unda avtoma- tik rostlash, uzokdan turib boshkarish, signalizasiya va himoya tizimlari maj- muini yaratishda kompleks elastik kuch pnevmoavtomatikasi, sanoat pnevmoav- tomatikasi elementlarining univer- sal tizimini ishlab chikish masalalari o’rganiladi; rostlagichlar, pnevmatik datchiklar, o’zgartirgichlar, summatorlar, himoya va signalizasiya kurilmalari yara- tiladi. P. kimyo, neft, gaz va oziq-ovqat sanoatlari, yog’ochga ishlov berish korxo- nalarida keng qo’llanadi.