Plebissit

Plebissit (lotincha plebiscitum — xalq qarori) — xalq ovoz berishining bir turi. Xalqaro amaliyotda bir davlat xududini boshqa davlatga berilayotganda aholidan fuqarolikni tanlash uchun so’rov o’tkaziladi. Ba’zi mamlakatlarda (masalan, Frantsiyada) referendumning sinonimi. Rasmiy yuridik nuqtai nazardan Plebissit o’tkazish, unda qanday masala hal qilinayotganligidan qat’i nazar, referendum o’tkazishdan hech bir farq qilmaydi.