Pleven, Plevna

Pleven, Plevna — Bolgariyaning shimoliy qismidagi shahar. Pleven okrugining ma’muriy markazi. Aholisi 122,1 ming kishi (2001). Transport yo’llari tuguni. Dunay tekisligining qishloq xo’jalik rayoni markazi. Oziq-ovqat, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, rezina, tsement, oynashisha, to’qimachilik korxonalari mavjud. Tokchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti, tarix muzeyi bor. Turistlar ko’p keladi. Pleven — tarixiy shahar bo’lib, 3-asrdan ma’lum. 1877-78 yillardagi Rossiya—Turkiya urushida Plevenda tarixiy jang bo’lgan.