Plimutrok

Plimutrok (inglizcha Plymouth Rock) — go’sht-tuxum uchun boqiladigan tovuq zoti. 19-asrning 2-yarmida AQSHda yetishtirilgan. Jahondagi ko’pgina mamlakatlarda, shu jumladan, O’zbekistonda ham boqiladi. Oq, chipor, qora va boshqa tusdagi oq leggornlar bilan chatishtirib, oq rangi ustunlik qiladigan Plimutrok olingan. Oq Plimutrok broylerlar yetishtirishda kornish zoti bilan (otalik shakli) chatishtirishda onalik shakli tarzida foydalaniladi. Tanasi cho’ziq, ko’kragi va orqasi keng. Boshi kichikroq, toji yaproqsimon, tumshug’i va oyoqlari sariq. Tovuqlari 2,7—3,2 kilogramm, xo’rozlari 3,8—4,2 kilogramm. Yiliga 160-180 ta tuxum qiladi. Tuxumi 55-60 gramm, och mallarang.