Plyuviograf

Plyuviograf (lotincha pluvira — yomg’ir va … graf) — yog’in miqdori, jadalligi, qancha vaqt davom etganligini qayd qilib boradigan o’ziyozar meteorologik asbob. Yog’in qabul qilgich idishdan naycha orqali po’kakli tsilindrli idishga tushadi; po’kakning vertikal o’qiga uchiga Pero o’rnatilgan mil gorizontal holatda biriktirilgan bo’lib, soat mexanizmi yordamida aylanadigan o’ziyozar tasmaga tegib turadi. Yog’in tushgan sari peroli po’kak ko’tariladi va yozuv bo’yicha uning yog’gan payti, jadalligi va umumiy mikdori haqida ma’lumot olinadi. Tsilindr idish to’lganidan so’ng yog’in avtomatik tarzda nazorat idishiga tushadi.