Plzen

Plzen — Chexiyadagi shahar, Bero-Unka daryosi bo’yida. Aholisi 167 ming kishi (2000). Mamlakatning yirik transport yo’llari tuguni va muhim sanoat markazi. Og’ir mashinasozlik rivojlangan. AES uchun jihozlar ishlab chiqarish, elektrotexnika, Lokomotiv va vagonsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy galereya bor. Plzenga 1292 yilda asos solingan. 14— 15-asrlarda yirik hunarmandchilik va savdo shahri bo’lgan. 14-18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.