Pluton

Pluton (geologiyada) — alohida mustaqil chuqur magmatik jismlarning umumiy nomi. Plutonlar chuqur mantiyadan yoki yer po’stining quyi qismidan yuqori qismiga ko’tarilib sovib qotgan magmadan hosil bo’ladi va atrofidagi tog’ jinslarining strukturasiga qarab turli shaklga ega bo’ladi. Yer po’stida joylashganligi, o’lchovlari va shakliga qarab Plutonlar bir necha turlarga ajratiladi: batolitlar, lakkolitlar, lopolitlar, fakolitlar, daykalar, qatlamli tomirlar va boshqalar.