Plunjer

Plunjer (inglizcha plunge — sho’ng’imoq, botmoq) — porshenning bir turi; silliq sirti yaxlit tsilindrik jism; uzunligi diametriga nisbatan katta. Yonilg’i nasosidya yonilg’ini yuqori bosim ostida haydash uchun ishlatiladi. Bunda Plunjer yonilg’i sizmasligi uchun gilza bilan birga (ularni bir-biriga ishqalab) tayyorlanadi; ular Plunjer jufti deb ataladi. Plunjer nasoslar, gidravlik presslar va ko’targichlar, gidroyuritma zolotniklari va boshqalarda qo’llaniladi.