Poliakrilonitril

Poliakrilonitril [-SN2-— CH(CN)—]n— akrilonitrilning oq rangli chiziqli polimeri. Molekulyar modda (30— 100)-103; zichligi 1140-1170 kg/m’. Yumshash temperaturasi 220-230°. Odatdagi erituvchilar, yog’lar ta’siriga chidamli. Dimetilformamid, dimetilaset-amid, etilen va propilenkarbonat, kontsentrlangan nitrat va sulfat kislotalarda eriydi. Atmosfera sharoitiga va yorug’lik ta’siriga chidamli. Sanoatda Poliakrilonitril akrilonitrilni geterogen (suvli dispersiyada) yoki gomogen (eritmada) radikal polimerlash usuli bilan olinadi. Ishlab chiqarilgan Poliakrilonitrilning asosiy qismi poliakrilonitril tolalar olishga ketadi.