Polzunov Ivan Ivanovich

Polzunov Ivan Ivanovich [1728, Yekaterinburg — 1766, Barnaul] — rus teplotexnigi. Issiqlik dvigateli ixtirochilaridan biri. Rossiyada birinchi bug’kuch qurilmasini yaratgan. Birinchi rus kon-zavod maktabini tugatgach, metallugiya zavodlarida ishlagan. M.V. Lomonosov ishlari bilan tanishgan, but nasos qurilmalari tuzilishini o’rgangan. 1763 yil universal bug’ dvigateli (quvvati 1,8 o.k. — 1,3 kVt) loyihasini ishlab chiqqan; 1766 yil ikkinchi loyihani tuzib, issiqlikkuch qurilmasini yasagan.