Polab slavyanlari

Polab slavyanlari (polab, polabyanlar) — g’arbiy slavyan qabilalari guruhi. Milodiy 1-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida G’arbda laba (Elba) daryosi va uning irmog’i Sala (Zaale) daryosidan, Sharkda Odra (Oder) daryosi va shimolda Boltiq dengizigacha yoyilgan hududda yashashgan. Bodrichlar, motichlar, lujisa serblari kabila ittifoqlariga birlashgan. Nemis agressiyasiga qarshi kurash olib borishgan, bu agressiya natijasida 12-asrning 2-yarmida Polab slavyanlari yerlari bosib olingan; Polab slavyanlari, asosan, qirib tashlangan yoxud nemislashib ketgan. Lujisaliklar o’zlariga xos turmush tarzini saqlab qolishgan.