POLIAKRILONITRIL TOLA LAR

POLIAKRILONITRIL TOLA LAR — poliakrilonitril eritmasi- dan yoki tarkibida 85% akrilonitril bo’lgan sopolimerlardan tayyorlanadi- gan sintetik tolalar. Metilakrilat, metilme-takrilat, vinilasetat, meta- krilamid, 2-vinilpiridin, 2-metil-5- vinilpiridin, vinilpirrolidon, ita- kon kislota va b. sopolimer uchun kom- ponent sifatida ishlatiladi. Bu kom- ponentlar P.t.ga turli xil rang berish, ka-yishqoq qilish imkonini beradi. P.t. trikotaj mahsulotlari, dekorativ va texnik gazlamalar tayyorlashda ishla- tiladi. Ko’pgina davlatlarda quyidagi nomda ishlab chiqariladi: nitron (MDH mamlakatlari); orlon, amrilon, kreslon (AQSh); krilor (Frantsiya), vol-pryula, Redon, Dolan (GFR), kurtel (Angliya), kashmilan (Yaponiya) va h.k.