Poliamidlar

Poliamidlar — makromoleku- la-sining asosiy zanjirida takrorlana- digan — so—NH— guruhi tutgan sin- tetik polimerlar. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra karbozanjirli va geterozanjirli bo’ladi. Karbozanjirli P. makromoleku- lasining asosiy zanjiri FA-kat uglerod atomlaridan tuzilgan, amid guruxlari esa tarmoklarda joylashganligi sabab- li (mas, poliakril-amid) ularni, odat- da, P.ga taalluq-li deb hisoblanmaydi. Geterozanjirli P. da CONH guruhi makromolekulaning asosiy zanjirida joylashgan bo’ladi. Geterozanjirli P. muhim ahamiyatga ega. Ular polikonden- slanshi yoki polimerlanish usullari b-n olinadi. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra, oqsillar va peptidlar xam P., ammo tu- zilishi va xossalari «odatdagi» sinte- tik P.dan keskin farq qilganligi uchun ularni alohida sinfga ajratiladi. P. oq yoki oqish-qizg’ish rangli shoxsi- mon qattiq moddalar suyuklanish t-rasi 150 dan 430° gacha. Ba’zi P. qovu-shoq suyuqliklar (smolalar). Mustahkamligi, qattiqligi, elastikligi, eyilishga, issiqqa, kimyoviy reagentlar ta’siriga barkaror. P. sintetik tolalar, plyonkalar, lo- klar, sun’iy charm olishda, fotografiya emulsiyalari tayyorlashda, mashinasoz- likda, elektr-radio qurilmalari, anti- friktsion va b. turli detallar tayyor- lashda qo’llanadi.