Poliandriya

Poliandriya (poli… va Yun andros — er), ko’p erlilik — guruhli nikohning kamdan kam uchraydigan shak- li, unda ayolning bir necha eri (odatda, aka-ukalar) bo’ladi. Asosan, matriarxat davriga xos. Bu davrda har bir ayolning bir necha eri bo’lgan. P.da xotinlar erkin er tanlaganlar, er-xotinlik, oila turg’un bo’lmagan. P.ning asosiy shakllari: 1) bir urug avlodlari P.si (bir urug’a’zo- lari bo’lgan erkaklar bir ayol yoki ayollar) ga er bo’ladi; 2) aka-uka (tug’ishgan biro- darlar) P.si (aka-uka bo’lgan bir necha er- kak bir ayolga er bo’ladi). Aka-uka P.sida katta akaning xotini hamma ukalariga xotin bo’ladi. Tug’ilgan bolalar hamma otalarniki hisoblanadi. Oilaga tegish- li er va mulk bolalarning eng kattasiga meros bo’lib qoladi. 19-a.da aleutlar- da va eskimoslarning ayrim guruxla- rida mavjud bo’lgan; keyinchalik shim. Hindiston va Tibetdagi ayrim etnogra- FIK guruxdarda saqlanib qolgan.