Poliartrit

Poliartrit (poli… va artrit) — bir necha bo’g’imlarning bir vaqtda yoki ketma-ket yallig’lanishi. Mustaqil kasal- lik (infektsion nospesifik — revmato- ID P.) tarzida paydo bo’ladi, shuningdek, revmatizm, sepsis, podagra, ba’zan BRU- tsellyoz, sil, zaxm kabi yuqumli kasalli- klar oqibatida ro’y beradi. Kasallik- ning turiga, organizmning reaktsiyasi- ga, jarayonning og’ir-engilligiga ko’ra, zardobli, yiringli, nekrotik P. farq qilinadi. O’tkir va surunkali bo’ladi. O’tkir P. 2 ga bo’linadi: revmatik P. — bunda bo’g’imlarning yallig’lanishi ko’pincha zardobli, fibrinli bo’lib, yallig’lanish bir bo’g’imdan ikkinchi bo’g’imga o’tadi va mayda bo’g’imlarga tarqaladi; epidemik P.— bunda bemor isitmalaydi, quvvatsizlanadi, bo’g’imlar og’riydi, shishadi, terisi qizaradi, oyoq-qo’l barmoklariga suv chechakdagiga o’xshash toshmalar toshadi, harakati chega- ralanadi. Surunkali P.ga organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, ichki sekre- tsiya bezlari funktsiyasining o’zgarishi, murtaklarning yallig’lanishi sabab bo’ladi. P.ga sabab bo’lgan asosiy kasal- lik davolanadi, antibiotiklar, anti- gistamin preparatlar beriladi, og’riq qoldiruvchi vositalar va fizioterapiya qo’llanadi (yana q. Artrit).