Poligon
Poligon (Yun. polygonos — ko’p burchakli) — 1) harbiyda quruqlik yoki dengizning qurol-aslahalar va harbiy texnikani sinash, qo’shinlar (flot kuch- lari)ning jangovar tayyorgarligiga doyr tadbirlarni va taktika bora-sida- gi tadqiqotlarni o’tkazish uchun maxsus jihozlangan qismi; tajriba uchun va ko’plab ishlab chiqariladigan jangovar qurollarni, qarbiy texnikani sinash hamda qo’shinlar (flot kuchlari)ni jalb qilgan holda tadbirlar o’tkazish uchun mo’ljallangan i.t. muassasasi; P. doimiy va muvaqqat (vaqtinchalik) bo’lishi mum- kin. Vazi-fasiga ko’ra, i.t., o’quvmashq va z-D P.lariga bo’linadi. Sinaladigan har-biy vositalar bo’yicha yadro, raketa, artilleriya, Zenit, tank, o’q otish, avia- tsiya, Torpedo, muhandislik, avtomobil, aloqa va b. turdagi P.lar fark, qilinadi; 2) qurilishda — yig’ma qurilish kon- struktsiyalari (mas, te-Mir-beton panel- lari) tayyorlash uchun maxsus jihozlangan ochiq maydon. P. jihozlari: beton qorish qurilmalari, beton yotqizgichlar, bug’lash ka-meralari, ko’tarish kranlari, beton quyish qoliplari va b.