Polipropilen tolalar

Polipropilen tolalar – polipropilen eritmasidan tayyorlanadigan sintetik tolalar. Polipropilen tolalarning elastikligi, egilishga mustahkamligi poliamid tolalarnikidan yuqori, ammo yemirilishga chidamliligi pastroq. Polipropilen tolalar kislotalar, ishqorlar, organik erituvchilar ta’siriga barqaror, issiqlik va elektrizolyatsion xossalari yaxshi. Issiqqa va yorug’lik nuriga nisbatan chidamsiz. Polipropilen tolalardan cho’kmaydigan arqonlar, to’rlar, filtrlovchi va tiqma materiallar, Brezentlar, gilamlar va boshqalar tayyorlanadi.