Pompey Gney

Pompey Gney (Gnaeus Pompeius Magnus; miloddan avvalgi 106-48) — Rim sarkardasi va siyosat arbobi. Dastlab, Sulla tarafdori bo’lgan. Miloddan avvalgi 70, 55 (krase bilan birgalikda) va 52 yillarda konsul bo’lgan. Spartak qo’zg’olonini bostirgan. 66 yildan Mitridat VI Yevpatorga qarshi urushda Rim qo’shiniga qo’mondonlik qilgan va g’alabaga erishgan. Miloddan avvalgi 60 yilda Senatga karshi kurash uchun Krase va Tsezar bilan bitim tuzgan (1-triumvirat). Triumvirat bo’linishidan keyin Tsezarga qarshi kurashgan. Miloddan avvalgi 48 yilda dirraxiy (Epir) yaqinida uni yengadi, lekin Farsal (Fessaliya) yaqinida Tsezardan mag’lubiyatga uchrab, Misrga qochadi. U yerda shoh Ptolemey XSH Dionis buyrug’iga ko’ra o’ldirilgan.