Porfirli struktura

Porfirli struktura — tog’ jinslarining tuzilishi, bunda yirik, to’g’ri qirrali kristallar (xol-xol jinslar) asosiy massa deb nomlanuvchi mayda donali jinslarning umumiy massasiga cho’kkan bo’ladi. Porfirli strukturali tog’ jinslari effuziv va intruziv bo’lishi mumkin. Porfirli strukturali effuziv tog’ jinslarida asosiy massa tarkibidagi xol-xol zarralar bir me’yorda bo’lmaydi va mikrolitlardan, yoxud shishadan iborat bo’ladi. Porfirli strukturali intruziv tog’jinslarida asosiy massa mayda kristalli, granitsimon; shu sababli bunday jinslar granit-porfirlar deb ham ataladi.