Porshenli mashina

Porshenli mashina -ish jismi (gaz, bug yoki suyuklik) energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantirish uchun mo’ljallangan qurilma. Porshenli mashinada bu vazifa dvigatelning tsilindri ichida ilgarilama-qaytma harakatlanuvchi porshen yordamida amalga oshiriladi. Porshen harakatlanganda ish jismi egallagan hajm boshqa ko’rsatkichlar (bosim, temperatura va boshqalar) bilan birga o’zgaradi, natijada ish jismining energiyasi kamayadi (dvigatel) yoki ortadi (kompressor, nasos). Ko’pchilik ichki yonuv dvigatellari, bug’ mashinalari, kompressorlar va nasoslar Porshenli mashinalar hisoblanadi.