Pornografiya

Pornografiya (Yunoncha pornos — fahsh, buzuq va …grafiya) — adabiyot, tasviriy san’at, teatr, kino, kompyuter dasturlari, video va ovoz yozuvlari, teleko’rsatuv va radioeshittirishlarida jinsiy hayotni vulgar-naturalistik, behayolarcha tasvirlash, badiiy yoki ilmiy ahamiyati bo’lmagan holda tayyorlash. O’zbekiston Respublikasida Pornografiya mahsulotlarini tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyat hisoblanadi. Buning uchun ma’muriy va jinoiy jazo belgilangan. Bunday qilmishni sodir etish eng kam oylik ish haqining 100 dan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi (O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 189-moddasi, JKning 130-moddasi).