Port-Lui

Port-Lui — Mavrikii davlati poytaxti. Mavrikiy orolining shimoliy- g’arbiy qismida. Port-Lui okrugining ma’muriy markazi. Iqlimi tropik, o’rtacha temperatura Fevralda 26°, avgustda 19°. Yillik yog’in 2000 mm. Aholisi 128 ming kishi (2000). Port-Lui — mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Hind okeani sohilidagi port. Shosse yo’llar tuguni. Neftni qayta ishlovchi, o’g’itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, oziq-ovqat (shakarqand, yog’moy, tamaki) korxonalari mavjud. Universitet, institut, muzeylar, badiiy galereya, kutubxona bor. Qadimgi Fort va qal’a saqlangan. Shaharga 1736 yilda asos solingan. Suvaysh kanali ochilgunga qadar Hind okeanida yirik savdo porti bo’lgan.