Poshsho

Poshsho (aslida podshoh)-Usmonli turk imperiyasida fuqaro va harbiy amaldorlarga berilgan faxriy unvon. Dastlab vazir, beklarbegi va boshqa yuqori mansabdor shaxslar unga sazovor bo’lgan. XIX asrdagi islohotdan keyin muntazam armiya tuzilgach, poshsho faxriy unvoni general va vazirlarga ham berilgan.