Poygohtepa

Poygohtepa — o’rta asrlarda Buxoro vohasi atrofida barpo etilgan kanpir devor tizimidagi oxirgi istehkom xarobasi. Navoiy tumanidagi Turkiston qishlog’i hududida joylashgan. Arxeolog H.Muhamedov kuzatish ishlari olib borgan (1958). Antik davrda Poygohtepa Buxoro vohasi aholisini tashqi hujumdan mudofaa etish maqsadida har 8-10 kilometr masofada bino etilgan istehkomlarning oxirgisi. Vohaning shimoliy-sharqida, Zarafshon daryosining toqqa juda yaqin masofada oqib o’tayotgan joy va tog’oralig’idagi tor yo’lakda barpo qilingan. Dastlab 6-asrda qurilib, so’ngra 8-asr oxiri — 9-asr boshlarida yangidan tiklangan va muhim harbiy strategik ahamiyatga ega bo’lgan.