Pozitsiya

Pozitsiya (tilshunoslikda) — fonologik Pozitsiya, fonemaning unga xos semiologik (farklash) vazifani belgilashda asos bo’luvchi holati; fonemaning bevosita qurshovi, uning so’z tarkibidagi o’rni, urg’uga nisbatan holatini qamrab oladi. Fonologik Pozitsiyaning kuchli va kuchsiz turlari farqlanadi. Fonemaning o’z farklash vazifasini bajarishi uchun qulay pozitsiya kuchli Pozitsiya deyiladi (masalan, zo’r va so’r so’zlari boshidagi undosh kuchli Pozitsiyadadir). Fonemaning o’z farklash vazifasini bajarishi uchun noqulay pozitsiya kuchsiz Pozitsiya deyiladi (masalan, rizq so’zidagi z undoshi kuchsiz Pozitsiyada, chunki uni s undoshidan farqlash qiyin). Azim Hojiyev.