Pristan
Pristan — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi shahar (1958 yildan). Nukus shahar Kengashiga qarashli. 1958 yil 16 aprelda asos solingan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Nukus (8 kilometr). Amudaryoda transportning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Aholisi 15,7 ming kishi (2002). Temir-beton va duradgorlik buyumlari ishlab chiqariladi. Araq- vino zavodi, umumiy ta’lim maktablari, klub, madaniyat uylari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor.
O‘xshash so‘zlar
- Pristli (Priestley) Jozef
- Pritam Amrita
- Prizma
- Prizren
- Prjevalskiy Nikolay Mixay lovich
- Prjevalskiy oti
- Prodromal davr
- Produsentlar

