Provizor

Provizor (lotincha provisor — tayyorlovchi) — oliy farmatsevtika ma’lumotiga ega dorixona xodimi. Provizor faoliyati dori moddalarni izlash, tayyorlash, tekshirish, saqlash, berish, standartlash, shuningdek, ularga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan iborat. Ular dorilar ta’siri, qo’llanish tartibi, organizmga mos kelish-kelmasligi, bir dori o’rnini ikkinchisi bilan almashtirish mumkinligi xaqida ko’rsatmalar beradi. O’zbekistonda Provizorlar Toshkent farmatsevtika insstitutida tayyorlanadi.