Qalqon, shchit

Qalqon, shchit — platformalarning juda yirik strukturasi, plitalarning aksi. Qalqon atrofida platforma fundamentini tashkil qilgan tokembriy davriga mansub kuchli metamorflashgan kristalli jinslar (granit, gneys, kristalli slaneslar) yer yuzasiga chiqib qoladi. Qalqon, odatda, yer po’stining ko’tarilib qolgan oblastlaridan iborat bo’lib, noto’g’ri shakldagi yassi ko’tarilmalar shaklida bo’ladi. Qalqonlarning shakli uzoq vaqt davomida turg’unlikka ega bo’lishi bilan ajralib turadi. Dastlab «Qalqon» termini shimoliy Amerika (Kanada Qalqon) va shimoliy Yevropa (Boltiq Qalqon)dagi tokembriy jinslarining juda katta maydonlarda yer yuzasiga bo’rtib chiqqan joylari uchun kiritilgan. Yerning qadimiy o’zaklaridan hisoblangan do’ng joylari: Boltiq, Kanada, addan va boshqalar Qalqonga misol bo’la oladi. Qalqonlar yer po’sti tarixiy taraqqiyotida bir necha marta paydo bo’lgan. Masalan, yuqori proterozoy bilan o’rta paleozoy oralig’ida vujudga kelgan Qurama-farg’ona regioni huddi shunday Qalqonlardan hisoblanadi. Qalqonda oltin, nikel, kobalt hamda mis, qo’rg’oshin, rux, temir va boshqalar ruda konlari joylashgan bo’lishi mumkin.