Qarama-qarshi teorema

Qarama-qarshi teorema — biror teoremaning sharti hamda xulosasini ularning inkori bilan almashtirilganda hosil bo’ladigan teorema. Masalan, «agar to’rtburchakning qarama-qarshi burchaklari yig’indisi 180° ga teng bo’lsa, uning tashqarisiga aylana chizish mumkin» degan teoremaga «agar to’rtburchakning qarama-qarshi burchaklari yig’indisi 180 ga teng bo’lmasa, uning tashqarisiga aylana chizish mumkin emas» deganteorema Qarama-qarshi teorema bo’ladi. Qarama-qarshi teorema to’g’ri bo’lishi shart emas agar berilgan teorema ham, unga Qarama-qarshi teorema ham o’rinli bo’lsa, ular birga zaruriy va yetarli shartni tashkil qiladi.