Qashqadaryo vodiysi

Qashqadaryo vodiysi — Qashqadaryo viloyatidagi vodiy. Zarafshon tizmasining Janubiy g’arbiy tarmoqlari oralig’ida. Vodiy bo’ylab shimoli sharqdan Janubi g’arbga Qashqadaryo oqib o’tadi. Vodiy Hisor tizmasining Janubiy g’arbiy yon bag’ridan boshlanib (eng baland joyi 4145 metr) qarshi cho’ligacha 310 kilometrga cho’zilgan. Vodiy, asosan, tekislikdan iborat bo’lib, G’arb va Janubi g’arbga pasayib va kengayib boradi. Qashqadaryo vodiysi Qashqadaryoning 1-5 terrasalarini egallagan, bu terrasalar to’rtlamchi davr prolyuvialallyuvial yotqiziqlari bilan qoplangan. Vodiyda uncha baland bo’lmagan qoldiq tog’lar (Qo’ng’irtov, Kosontog’, Maymanoqtov, Aloviddintov) bor. Qashqadaryo vodiysi janubda joylashgani uchun iqlimi quruq va issiq. Yanvarning o’rtacha temperaturasi g, iyulniki 28— 29°; eng past temperatura -25°, -29°, eng yuqori temperatura 46-47°. Yog’in miqdori relef balandlashgan sari ortib boradi; tekislik qismida 200 millimetr, tog’yon bag’irlarida 450-500 millimetr. Yog’inning ko’p qismi qish va bahor fasllariga to’g’ri keladi. Vodiy tuprog’i, asosan, bo’z tuproq, tekislik qismida och bo’z tuproq, tog’lik va balandliklar bilan tutashgan qismida tipik bo’z tuproqdir. O’simlik qoplami xilma-xil. Ilak, rang, qo’ng’irbosh, yaltirbosh, momiq, shuvoq, qo’ziquloq, bodom, qizilcha va boshqalar keng tarqalgan. Hayvonlar va qushlardan mayna, ko’kqarg’a, kaklik, Yapaloqqush, jaira, yumronqoziq, tulki, chiyabo’ri, qobon va boshqalar uchraydi. Qashqadaryo vodiysi tog’yon bag’irlari chorvachilik uchun qulay yaylov, tekislik qismi dehqonchilik uchun serunum. Vodiyda tabiiy gaz, qurilish materiallari konlari, mineral suvlar va boshqalar bor.