Qaytar jarayonlar

Qaytar jarayonlar (fizikada) — avval bir yo’nalishda, so’ngra teskari yo’nalishda sodir bo’lib, sistema o’zining boshlang’ich holatiga qaytib kelganida tashqi muhitda hech qanday o’zgarish yuzaga kelmaydigan fizik jarayonlar. Ideal (ishqalanishsiz va noelastik urilishsiz) sharoitda sodir bo’ladigan hamma sof mexanik jarayonlar qaytuvchan bo’ladi. Mutlaqo ishqalanishsiz hamda mutlaq elastik tarzda ro’y beradigan urilishlarsiz sharoitda energiyaning ma’lum qismi issiqlik energiyasiga aylanadi. Cheksiz sekinlik bilan o’tadigan issiqlik harakatiga bog’liq bo’lgan jarayon ketma-ket muvozanatli holatlarning uzluksiz qatoridan iborat va qaytuvchan bo’ladi. Real sharoitlarda esa har qanday jarayon chekli tezlikda yuz beradi va energiyaning sochilishi tufayli susayib borish bilan kechadi. Qaytar jarayonlar nazariyasi statistik fizikada o’rganiladi.