Qalay oksidlari

Qalay oksidlari — qalay monooksid, 5po — qora kristallar; zichligi 6,446 g/sm*, tetragonal panjarali. 90 gPa bosim ostida rombsimon modifikatsiyaga o’tadi. Amfoter, asosli xossalari kuchliroq. Kislotalarda erib 8p2′ tuzlarini hosil qiladi; kislotali eritmalarda — qaytaruvchi, 8p4+ gacha, 400° dan yuqori trada 8gyu2 gacha oksidlanadi; kislorodsiz muhitda 180° dan yuqori trada 8p02 va 8p ga aylanadi. 8p02, 5p(ON2) qalay oksalat va boshqalar 5p2+ tuzlarini vakuumda, azot va boshqalar inert gazlar atmosferasida parchalash, shuningdek, 5p ni oksidlash yo’li bilan olinadi. 8p2+ tuzlarini olishda, katalizator sifatida, shisha sanoatida qora pigment tayyorlashda, metallurgiyada qaytaruvchi o’rnida ishlatiladi. Qalay dioksid, zpo, — tetragonal panjarali rangsiz kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1630°, zichligi 7,01 g/ sm3. Suvda erimaydi; kislotalar, tuzlar, ishqorlarning suvdagi eritmalari ta’siriga chidamli. Tabiatda 5p02 — kassiterit minerali (qalaytosh). Keramika sanoatida shaffof, elektr o’tkazuvchi va issiq qaytaruvchi material, shisha, issiqbardosh emallar va sirlar ishlab chiqarishda oq pigment, gidroliz va o’rin almashinish reaktsiyalarida katalizator sifatida ishlatiladi.