Qichima kanalar

Qichima kanalar, qo’tir kanalar— akariform kanalar turkumining katta oilasi. Uzunligi 0,15—0,3 millimetr. Urg’ochisi erkagiga nisbatan yirikroq. 20 ga yaqin turi bor. Sut emizuvchilar terisi ostida parazitlik qiladi. Xo’jayinining terisi ustida urchigach, erkagi halok bo’ladi. Teri to’qimalari bilan oziqlanadi. Terining muguz qatlamini SB, yo’llar ochgach, o’sha yo’llarga tuxum qo’yadi. Qichima kanalar chorva mollari terisida qo’tir, bir turi esa odam terisida, ainiqsa, qo’l barmoqlari orasi va tirnoqlar ostida qichima paydo qiladi.