Qirolicha sharlotta orollari
Qirolicha sharlotta orollari — tinch okeandagi arxipelag, Shimoliy Amerika (Kanada, Britaniya Kolumbiyasi) qirg’oqlari yaqinida. Maydoni 10,3 ming km2. Yirik orollari: Greyam va Morsbi. G’arbiy qirg’oqlari tog’li, Ford ko’p, eng baland joyi 1250 metr. Shimoliy-sharqi keng pasttekislik. Iqlimi mo’tadil, sernam. Igna bargli o’rmonlar bilan qoplangan. Toshko’mir konlari bor. Yog’och tayyorlanadi, baliq ovlanadi. Orollarga ilk bor 1774 yilda X.Peres boshchiligidagi ispan ekspeditsiyasi borgan va xaritaga tushirgan, J.Vankuver tomonidan ingliz qirolichasi nomi bilan atalgan.