Qishki quyosh turishi

Qishki quyosh turishi – Quyosh gardishining osmon gumbazidagi yillik ko’rinma harakati davomida gardish markazining ekliptikaning eng Janub nuqtasidan o’tish payti. Bu paytda Quyoshning og’ish burchagi — 23°27′ bo’ladi. Qishki quyosh turishi paytiga yaqin kunlarda Quyoshning ko’rinma harakati ekvatorga deyarli parallel bo’ladi, natijada uning tush paytidagi balandligi bir xil bo’lib, kun uzunligi o’zgarmaydi. Tropik yil (365,2422 sutka) bilan calendar yili (365 yoki 366 kun) teng emasligi sababli, Qishki quyosh turishi kalendar sutkaning boshlanishiga nisbatan turli vaqtlarga mos keladi, oddiy yillarda 5 soat 48 minut 46 sekund kechroq, kabisa yilida esa 18 soat 11 minut 14 sekund oldinroq kelishi mumkin. Hozirgi paytda Quyosh Qishki quyosh turishi nuqtasidan 21 yoki 22 dekabrda (astronomik qish boshlanadi, chilla kiradi) o’tadi. Quyosh Qishki quyosh turishi bo’lganida shimoliy yarim sharda eng qisqa kun va eng uzun tun, Janub yarim sharda esa aksincha bo’ladi.