Qisqa tutashuv

Qisqa tutashuv — elektr zanjiri o’tkazgichlarida hosil bo’ladigan zararli elektr kontakti; o’zgaruvchan tok tarmog’ida fazalarning yer bilan tutashuvi natijasida (1 fazali), o’zgarmas tok tarmog’ida qutblar orasida yoki qutb bilan er orasida sodir bo’ladi. Qisqa tutashuv elektr qurilmalar o’tkazgichlarining yaxshi izolyatsiyalanmaganligidan, tok zanjirida elektr tokining haddan tashqari ortib ketishidan kelib chiqadi va elektr qurilmalarining buzilishiga olib keladi. Qisqa tutashuv Reley muhofazasi yoki oson eruvchan saqlagichlardan foydalanib bartaraf qilinadi.