QIYOSIY YONDOSHUV

QIYOSIY YONDOSHUV — bir turdagi siyosiy hodisalarni, ularning umumiy va xususiy qirralarini aniqlash, siyosiy tashkilotlarning samarali shakllarini topish, boshqa mamlakatlarning muvaffaqiyatlarini qo’llash maqsadida qiyoslab o’rganadi. Masalan, Turkiya bilan O’zbekistondagi islohotlar jarayonini qiyoslash – bizning mamlakatimiz uchun ancha samaralidir, negaki bu mamlakat qo’llagan uslublarni o’rganish bilan birga, undagi xato va kamchiliklarni ham takrorlashdan holi bo’lamiz va hokazolar.