Qiz qal’asi

Qiz qal’asi — Ozarbayjondagi me’moriy yodgorlik (12-asr), qoya ustiga qurilgan mudofaa inshooti. Boku shahrida. Inshoot yuqoriga tomon torayib boradigan tsilindrsimon shaklda (balandligi 27 metr; devorining qalinligi poyde vorida 5 metr, yuqorisida 4 metr), Sharq tomonidan yarim aylana shaklida turtib chiqqan qism bilan himoyalangan. Qal’a tarzlarining ko’ndalang qovurg’ali tuzilishi o’ziga xos. Minora ichi yassi tosh gumbazlar bilan 8 tabaqa ga bo’lingan, 1-qavati 2-si bilan osma narvon bilan, qolganlari qalin devorga ishlangan zinalar bilan o’zaro bog’langan; Janubiy qismidagi tuynuklar binoni yoritish va shamollatishga xizmat qiladi, shu qismida quduq joylashgan. Qavatlardagi zaruratxonalar sopol quvurlar orqali maxsus shaxta bilan bog’langan. Qiz qal’asi yuqori qismida «Dovudning o’g’li Ma’sud minorasi» deb yozilgan qufiy yozuvlar saklangan. Qiz qal’asi o’zining me’moriy echimi hamda qovurg’ali tarzlari bilan qal’a me’morligida yagonadir.