Qaqshaltov tizmasi

Qaqshaltov tizmasi — Tyanshan tog’lari Janubdagi tog’ tizmasi. Qirg’iziston bilan Xitoy chegarasida joylashgan. Uzunligi 400 kilometr chamasida. Qaqshaltov tizmasining Sharqiy, Sarijaz darasigacha bo’lgan qismini Bo’zqir deb ham ataydilar. Xontangri tog’tuguni Janubi g’arbidan boshlangan. Tizma shimolda sirtlardan 1000— 1500 metr ko’tarilgan. O’rta va Sharqiy qismidagi muzliklar (600 dan ortiq) maydoni 983 km2. Qaqshaltov tizmasi butun Tyanshan tog’lar guruhining yirik orografik birligi hisoblanadi. Balandligi 4000-6000 metr. Eng baland joyi g’alaba cho’qqisi (7439 metr). Gilli slanes, qumtosh, ohaktoshlardan tuzilgan, ular orasidan granitlar yorib chiqqan. Sarijaz, qaqshal, Uzengegush daryolari tizmani tor daralar hosil qilib kesib o’tgan. Janubiy yon bag’ri dasht o’simliklari bilan qoplangan, baland qismlarida esa o’simlik siyrak, qurum va Toshloq tog’tundrasidan iborat. Shimoliy yon bag’ri — baland tog’ o’tloqlari va dashtlari.